Nishon tuman XTMFMTTEB dagi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika fan o‘qituvchisi RAXMATULLA MALIKOVICH JABBOROV
ning DTS talablari asosida tuzilgan “informatika haqida tushuncha” mavzusida bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: INFORMATIKA HAQIDA TUSHUNCHA
Darsning maqsadlari:
——— a) ta’limiy … maqsad:
1. Informatika haqida tushunchaga ega bo‘lish.
2. O’quvchilarga “Informatika haqida bilim», «malaka» va «ko’inikma»lar hosil qilish.
3. Ishning asosiy kattaliklari. 4. Informatika haqida tushunchaga ega bo‘lish.
——— b) tarbiyaviy … maqsad:
o‘quvchilarni tozalikka rioya qilishga o‘rgatish.
——— v) rivojlantiruvchi … maqsad:
o‘quvchilar ongida mavjud bo‘lgan tozalik atrof-muhit, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan tushunchani, informatika haqidagi tushuncha bilan rivojlantirish.
Dars turi: suhbat va nazariy
Dars metodi:
– aqliy hujum
– bahs-munozara
Dars jihozi: Darslik, Ko’rgazmali qurol, Kompyuterlar
Darsning borishi.
Darsni tashkil etish:
Bu darsni tashkil etish uchun o‘qituvchi informatika haqida dastlabki tushunchalarni oladi.
Darsning mazmuni: Dars boshlangandan keyin o‘qituvchi tashkiliy qism o‘tkaziladi, yangi mavzu doskaga yoziladi kutiladigan natijalar e’lon qilinadi.
O‘qituvchi quyidagi muammoli savollar yordamida aqliy hujum uyushtiradi.
—— 1. Informatika nima?
—— 2. Axborot nimai?
—— 3. Axborot tashuvchi vositalarni aytib bering?
—— 4. Axborot saqlovchi vositalarni aytib bering?
============ YANGI MAVZUNI BAYONI ==========
XX asrda fan va texnikaning rivojlanishi natijasida inson mehnatini yengillashtiruvchi, mehnat unumdorligini oshi-ruvchi va juda ko’p qulayliklar beruvchi texnik vositalar ishlab chiqarildi. Ular qatoriga telefondan boshlab televizor-gacha, kalkulatordan boshlab zamonaviy kompyuterlargacha, avtomobildan boshlab samolyotgacha bo’lgan vositalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga, bu vositalardan inson faoliyatining turli sohalarida unumli foydalanish jarayonida hal etilishi lozim bo’lgan muammolar yuzaga keldi.
,,lnformatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnolo-giyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’min-lashdan, ularga o’quv va keying! ish faoliyatlarida kompyuter-lardan oqilona foydalanishga oid ko’nikma va malakalarni berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi haqida tasawur hosil qilishdan iborat.
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fani quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
• o’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
• o’quvchilarni zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash
mexanizmi va imkoniyatlari bilan tanish-tirish;
• o’quvchilarda kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nik¬ma va malakalarini
shakllantirish;
• o’quvchilarga axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash
ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
• o’quvchilarga kompyuterda masalalar yechish texno¬logiyalari va uning asosiy
bosqichlari haqida bilim berish;
• o’quvchilarda asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish algoritmlash va dasturlash asoslari
bo’yicha ko’nikmalarn shakllantirish;
• o’quvchilarga kompyuterning dasturiy ta’minoti va ular-ning vazifalari haqida bilim
berish hamda qo’llash ko’nikma-sini shakllantirish;
• o’quvchilarda kurs davomida egallangan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv
masalalarini yechishda foydalanish malakasini hosil qilish;
• o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalarining ja-miyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri
haqida tasawur hosil qilish.
Informatika ta’limining tayanch qismi mazmuni axborot, kompyuter, axborot
texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot
texnologiyalarining istiqbollari bo’limlaridan iborat ravishda xavfsizlik texnikasi
qoidalari bilan
• qatorda, sanitariya-gigiyena talablarini ham o’rganishlari jozim- Xavfsizlik texnikasi
qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari ilovada keltirilgan.
——– Informatika fani nimani o’rganadi? ——–
XX asrning 50-yillarida yangi fan — informatikaga asos solindi. Informatika atamasi fransuz so’zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo’lgan.
Informatika kompyuter texnikasini qo’llashga asos-lanib, inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Qisqacha qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo — axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Insoniyat paydo bo’lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko’radi.
Axborot informatika fani uchun asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligi sababli, unga ta’rif berilmaydi. Ammo axborot deganda biz nimani tushunishimizni aniqlab olishimiz kerak.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog’liq lik da raja sin I tushunamiz.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mah-suli) o’zini o’rab turgan olamdan turli ma’lumotlar oladi, ularni o’zaro bog’laydi va shu ma’lumotlar asosida bilimga ega bo’ladi.
IX—X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich — aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o’zaro bog’liq bo’lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllan-maydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy ,,Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslihdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida awalo ,,oziq-lanish talabi» paydo bo’lib, unga ko’ra odam ovqatlanadi. Shundan so’nggi talablar ,,tashqi talablar» bo’lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur ,,tashqi talablar» 5 turlidir: teri-badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko’rish sezgisi.
Biz tanamiz orqali havo haroratini, jismning qattiq va tekisligini, tilimiz orqali oziq ta’mini, burun orqali turli hidlarni, qulog’imiz orqali har xil tovushlarni, ko’zimiz orqali turli shakllarni, ranglarni yoki manzaralarni ,,sezamiz».
Demak, axborot quyidagi har xil shakllarda uchrashi murnkin: matn, rasm, chizma, fotografiya; nur yoki ovoz signallari; radioto’lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta’m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo.
Lekin inson uchun moddiylik va energiya bilan bir qatorda, yana bir muhim bo’lgan zarurat borki, u moddiylik va energiyadan biror maqsadga ko’ra qanday foydalanishni ko’rsatuvchi zaruratdir. Bu zarurat axborot (informatsiya)dir. ,,lnformatsiya» so’zi lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, ,,ma’lumot», ,,tushuntirish», ,,tavsiflash» degan ma’nolarni anglatadi.
Kitob o’qiganda, televizor ko’rganda yoki suhbatlash-ganda, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o’zimizga kerak ko’rinishga o’tkazish maqsadida qayta
ishlaymiz, ya’ni boshqaramiz.
Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog’i haydovchiga to ‘xtab turishni ko ‘rsatuvchi axborot bo’lsa, yashil chiroq yurish mumkinligini >• ko’rsatuvchi axborot hisoblanadi.
Hayvonlarni tabiiy-biologik sistema sifatida o’rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qay darajada va qay holda ta’sir ko’rsatishiga katta e’tibor beriladi,
chunk! o’rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan qanday foydalanayotganini bilmasdan turib, uning harakatlariga to’liq baho berib bo’lmaydi.
Bu hoi tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o’rinlidir. Ulardagi axborotli (infor-matsion) jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va, tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo’lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usuJIarda uzatilayotgan har xil signallar, axborot orqali amalga oshiriladi. i
Masalan, yuqori hosil olish uchun ob-havoning kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug’orish zarurligini aniq bilish uchun dehqonlar o’z tajribalaridagi axborotlarga asoslanib ish yuritadilar.
Shunga ko’ra, turli texnika va texno-logiyalarni qo’llash bo’yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko’rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilinadigan ob-havo ma’lumotlariga katta e’tiborni qaratishlari bejiz emas ekan.
Demak, axborot modda va energiya kabi muhim tushun-chadir.
Keltirilgan misollar axborotlarni to’plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o’z ichiga olganligini ko’rish mumkin.
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to’plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan boshqa, kerakli ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
Axborot, asosan, quyidagi uchta muhim sifatga ega bo’lishi lozim:
• Axborot ma’lum darajada qimmatli bo’lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’ilmaydi.
• Axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lozim, ya’ni axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim.
• Axborot ishonchlibo’lishi lozim. Aks holda uni qayta
ishlashga zarurat tug’ilmaydi.
Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlanishidan tashqari, shakliga ko’ra ikki: uzluksizvauzlukliturlarga ajratiladi.
Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi.
Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to’g’risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko’rsatadigan soat yordamida sekundlarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko’rsatadi, xolos.
Axborot turlarini chizma ko’rinishda quyidagicha ifoda-lash mumkin:
Ixtiyoriy jarayonni to’liq o’rganishda, u to’g’risida to’p-langari ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o’zaro bog’liqligi darajasi shunchalik murakkab bo’ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to’liq qayta ishlash amalda mumkin emas.
Borliq ta’sirining inson ongida axborot ko’rinishida aks etishini quyidagicha sxematik ko’rinishda tasvirlash mumkin:
Inson uchun axborotlarni to’plashda uning barcha sezgi organlan xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to’plash uchun esa bu yetarli emas – buning uchun maxsus texnik yositalar talab qilinadi. Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladi-gan asosiy amallar — ularni to ‘plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo’lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko’ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.
Quyidagi rasmda kurrayi-zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma’lumotini to’plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:
To’plangan axborotlardan kerak bo’lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.
Axborot tashuvchi ba ‘zi vositalar
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini
ko’rsatdi. Bunda asosiy o’rinni texnik vositalar — kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash,
MAVZUNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mashg’ulot bosqichlari O’qituvchi O’quvchi vaqt
1-bosqich Salomlashish. O‘tgan darsda uyga berilgan topshiriqni so‘rash, yangi mavzuni doskaga yozib, uning maqsadi va kutilayotgan natijani e’lon qilish.
Diqqat bilan o‘qituvchini tinglash, yangi mavzuni yozib olish.
5-MINUT.
2- bosqich Mavzuni ishlash. Mavzuga mos savollarni o‘quvchilarga berish, «Aqliy hujum» uyushtirish va ularga javob olish, mavzuga mos video filmni namoyish qilish.
«Aqliy hujum» ga aktiv ishtirok etish. Proeksion ko’rgazmani qiqqat bilan kuzatish.
10 MINUT.
3-bosqich Guruhlarda ishlash. Guruhni ikkiga ajratish, topshiriq berish, kuzatish va kerakli yordamni berish.
Berilgan topshiriqni diqqat bilan tushunish, kichik guruhlarda bahs-munozara davomida faol ishtirok etish.
10 MINUT.
4-bosqich Yangi mavzuni ishlash o`quvchilarning rolli o`yin ishtirok etishlarini kuzatish.
Guruhlar fikrlarini tinglash, Kuzatish va qisqa izohlar, kerakli yordamni berish Kichik guruhlar o‘rtasidagi bahs munozaraga qatnashish.
10 MINUT.
5-bosqich Yakun yasash, tahlil qilish va natijani baholash o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholash, uyga vazifa berishiga ajratadi, topshiriq beradi, kuzatadi.
Yakun yasash, tahlil qilish va natijani baholash o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholash, uyga vazifa berishiga ajratadi, topshiriq beradi, kuzatadi.
10 MINUT.
___________________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________________
Нишон туман 20-умумий ўрта таълим мактабининг информатика фан ўқитувчиси Жабборов Рахматулла Маликовичнинг 5-синф учун ишланган
ДАРС ИШЛАНМАСИ:
1 – D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti 9.04-2017 yil. – Fan – Informatika: – 5 – sinf
Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari
№1
Texnologik xaritada berilgan bosqichlar jarayonlarining keraklisining tagiga chizib boriladi.
Darsning maqsad va
vazifalari.
(metodikada darsning
maqsadi vazifaga
aylanadi)
1.Ta‟limiy: O’quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan
tanishtirish
2.Tarbiyaviy: O‟quvchilarda yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash
estetikasini shakllantirish, har xil sohalarda kompyuter texnikasini qo‟llay
olish madaniyatini shakllantirish, fanlarga nisbatan hurmatni qaror toptirish,
o‟quvchilarda yangiliklarga bo‟lgan qiziqishlarni uyg‟otish, ona Vatanga
hurmat tuygularini shakllantirish
3.Rivojlantiruvchi: O‟quvchilarning bir-biriga do‟stlik hamda guruh
uchun mas‟ullik hissini rivojlantirish. O’quvchilarning kompyuterdan
foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish
O‟quv jarayonini
tashkil etish
texnologiyasi.
Texnologiya- o‟quv
jarayonini
to‟liqligicha egallovchi
tizimli ketma-ketlik
natijasi
Shakl- Suhbat, munozara, yozma, amaliy mashg‟ulot
Metod-“Aqliy hujum”, “Mini leksiya”, “Guruhlarda ishlash” “Aralash”
Vosita- Tarqatmali material, ko‟rgazmali qurollar,Kompyuter Pentyum-4 ,
darslik, baho qo‟yish uchun mo‟ljallangan kartochkalar, skoch, 5 – sinf
elektron darlikligi, texnologik xarita, ma‟ruza matni va boshqalar…
Nazorat turi- savol-javob, test, anagramma, rasmlar orqali
bayon etish, amaliy mashg‟ulot, krosvord, nazorat ishi va boshqa..
Baholash- reyting asosida, o‟zaro baholash…..
Kutiladigan natijalar O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.
o„quvchilarga informatika hal qiladigan masalalarning xilma-xilligini
va bu masalalarni ishlashda kompyuterning ahamiyatini haqida
ma‟lumotga ega bo‟ladi;
o„quvchilar kompyuter xonasidan foydalanishni o„rganadi;
texnika xavfsizligi qoidalarini biladi;
o„quvchilarni sanitariya – gigiyena talablariga rioya qilishga o’rganadi.
Kelgusi rejalar
O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars
tahlili asosuda keyingi darslariga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
Darsning mazmuni. Asosiy tushunchalar:
Texnika xavfsizligi , sanitariya – gigiyena talablari
1. TASHKILIY QISM.
a)Sana va davomatni aniqlash,darsning mavzusi
b)Darsni rivojlantiruvchi qism
Salomlashish,davomatni aniqlash va o’quvchilarni yangi darsni boshlash uchun
zamin yaratish. O’quvchilarni II guruhga bo’lish.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan
kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar
kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
3
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuning asosiy mazmunini o’qituvchi amaliyot bilan bog’lagan holda
tushuntirib beradi:
INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI
XONASIDA ISHLASHGA OID
QOIDALAR
Birinchi navbatda, o`quvchilar elektr tokidan shikastlanish va yong`inning
oldini olishga qaratilgan ushbu qoidalarni bajarishi lozim:
– sinfga ustki kiyimda kirish;
– birlashtiruvchi kabellarga tegish;
– yerga ulangan va kuchlanish beradigan o`tkazgichlarga tegish;
– monitor ekraniga va uning orqa tomoniga tegish;
– o`qituvchining ruxsatisiz kompyuter va uning qurilmalarini ulash va
o`chirish;
– kompyuterni tashqi qurilmalar printer, disk yuritgich, “sichqon”, joystik va
boshqalar bilan ulash;
– o`qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish va gaplashish;
– monitorning yorug`lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi
murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;
– disk, kitob, daftar, ruchka, qalamni monitor yoki tugmalar majmui ustiga
qo`yish;
– monitor ekraniga qo`l va boshqa narsalarni tekkizish hamda
qurilmalarning ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
– kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o`t yoqish;
Qurilmalar yonida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
– xonaga kislotali, tarkibida xlori bo`lgan moddalarni va umuman
qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta‟sir etuvchi moddalarni olib kirish;
– ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;- bo`r ishlatish;
– umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish;
– ho`l ust-bosh bilan (yomg`ir va qordan keyin) ishlash qat‟iyan man etiladi.
Ishlash jarayonida monitorning elektron nurli trubkasi elektromagnit
nurlanish beradi, oqibatda ekranga yaqin o`tirib ishlagan kishida ko`zning
charchashi, mehnat qobiliyatining pasayishi seziladi. Shuning uchun
o`quvchilarning
– ekrandan kamida 50 sm, yaxshisi 60-70 sm uzoqlikda monitorga
egilmasdan ishlashlari;
– doimiy ko`zoynak taqib yuruvchilarni displey bilan ishlaganda ko`z
oynaklarini olmasliklari lozim.
Kuygan hidini sezsangiz darhol ishni to`xtating, apparatni o`chiring va
o`qituvchiga xabar qiling.
Hurmatli o`quvchilar. Bugundan siz davrimizning eng buyuk yutuq va
kashfiyotlaridan biri – elektron hisoblash mashinasida ishlashga kirishyapsiz. Bu
yo`lda sizga qunt, mehnatsevarlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Quyidagi
bajarilishi oson, ammo bu yo`nalishdagi faoliyatingizda sizga nihoyatda foydali
bo`ladigan qoida, ko`rsatmalar xotirangizdan chiqmaydi va siz ularga doim rioya
qilasiz degan umiddamiz:
– o`qituvchining ruxsatisiz shaxsiy kompyuterni elektr tarmog`iga
ulamang;
– kabinetda ishlaganda o`quv qurollaringizni stolga shunday ko`yingki,
ular kompyuterning ishlashiga xalaqit bermasin;
– ish vaqtida apparatura klavishlarini qattiq va uzoq vaqt bosmang va toza
qo`l bilan ishlang;
– charchoqlik yoki noxushlik sezganda o`qituvchiga xabar qiling va ishni
to`xtating;
– apparaturadan o`zgacha tovush chiqqanda, ekranda begona yozuvlar
paydo bo`la boshlaganda yoki boshqa g`ayri-tabiiy hollar ro`y berganda darhol
apparaturani o`chiring va o`qituvchiga xabar qiling;
– apparaturaning qismlarini plombalarini ko`chirish bilan mustaqil ravishda
o`rganishga yoki tuzatishga harakat qilmang;
– programmani kompyuterda bajara olmasangiz yoki ko`zlagan natijalar
hosil bo`lmasa aybni texnikaga yuklashdan oldin o`z dasturingizni tekshiring;
4
– qayd qilish daftariga ishning boshlanish vaqtini qayd qiling;
– kompyuterning ustiga yopilgan g`ilofini oling;
– o`qituvchi «ishni boshlang» ko`rsatmasini bergach, kompyuterda
ishlashga kirishing.
– kompyuter bilan ishlash o`quvchidan katta diqqat e‟tiborni, aniq
harakatlarni va o`z-o`zini nazoratni talab etadi. Shuning uchun yoritilganlik
yetarli bo`lmasa yoki sog`ligingiz yaxshi bo`lmasa kompyuterda ishlamang.
Men yuqorida ko`rsatilan barcha qoidalarga to`liq rioya qilaman va buni
o`z imzoim bilan tasdiqlayman:
HISOBLASH TEXNIKASI XONASIDA O`QUV VA AMALIY
MASHG`ULOTLAR O`TISH JARAYONIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILlISH
BO`YICHA TUSHUNTIRISH-KO`RSATMA (INSTRUKTAJ) O`TKAZISHNI
HISOBGA OLISH
J U R N A L I
Instruktaj o`tkazuvchining
familiyasi va imzosi : B.Rustamov
Instruktaj o`tkazilgan kun: 6-11 sentyabr 2004 yil
Instruktajning mazmuni: Hisoblash texnikasi xonasida o`quv va amaliy
mashg`ulotlar o`tish jarayonida tok urishi va yong`in chiqishi bilan bog`liq
bo`lgan turli xil baxtsiz hodisalarni oldini olish.
№ Instruktaj olgan
shaxsning familiyasi va ismi
Sinf Instruktaj olgan
shaxsning instruktaj
olganligini
tasdiqlovchi imzosi
1 5-“A” sinf (imzo)
2 5-“A” sinf (imzo)
KOMPYUTERDA ISHLASHNING SANITARIYA-GIGYIENA TALABLARI
KOMPYUTERDA ISHLASHNING SANITARIYA- GIGYIENA
TALABLARI
Kompyuter xonasida tushayotgan yorug`lik o`quvchining ish joyiga
tepadan va chapdan tushishi, monitor ekrani va tugmalar ko`zni
qamashtirmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq.
Xonadagi havo harorati o`rtacha 20 -24oC atrofida bo`lishi lozim.
VIII-IX sinf o`quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan uzluksiz ishlash
vaqti 25-30 daqiqadan, bir kun davomida esa 50 daqiqadan oshmasligi ma‟qul.
O`quvchi kompyuterdan eng kamida 40 sm uzoqlikda o`tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o`tkazilayotgan dars paytida o`quvchilarga tana
mushaklarda va ko`zlarda zo`riqish hosil bo`lmasligi uchun davomi 2-3
daqiqadan iborat dam berilishi lozim. Shu lahzalarda o`quvchilarga yengil kuy
eshitish, kursida o`tirgan holda qo`l va bo`yin mushaklari toliqmasligi uchun
yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Har bir o`quv guruhi shunday kichik guruhlarga bo`linishi kerakki,
mashg`ulotda qatnashayotgan o`quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi
darkor.
Endi ko`z va tana uchun jismoniy mashqlardan namunalar keltiramiz.
Ko`z uchun:
mashqlar o`tirib yoki turib kompyuter ekraniga qaramagan holda davriy
ravishda nafas olib, ko`zni katta-katta ochgan holda bajariladi.
1) 1-4 hisobda ko`z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko`zni yuming, 1-6
hisobda ko`z mushaklarini bo`sh qo`ying, ko`zni oching.
4-5 marta takrorlansin.
2) 1-4 hisobda burun uchiga qarang va biroz qarab turing. Bunda ko`zni
charchashigacha olib kelmang. So`ngra 1-6 hisobda ko`zni ochib, uzoqqa
tikiling.
4-5 marta takrorlansin.
3) 1-4 hisobda boshni burmasdan o`ngga qarang va biroz qarab turing.
1-6 hisobda to`g`riga uzoq masofaga qarang. Xuddi shuningdek, bu mashq
ko`zni yuqoriga, pastga va chapga burgan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda
5
2-topshiriq: Savol va topshiriqlar:
1)Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?
2)Kompyuter inson sog‟ligiga zararli tomonlarini so‟zlab bering?
3)Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?
qarashni darhol diagonal bo`yicha o`ng yuqoriga, o`ng nastga, so`ngra 1-6
hisobda chap yuqoriga, chap pastga o`tkazib uzoqqa qarang.
3-4 marta takrorlansin.
Tana uchun: .
Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatini ko`taradi, asab, yuraktomir,
nafas olish va mushak sistemalarini rag`batlantiradi, umumiy charchoqni
chiqaradi, aqliy mehnat qobiliyatini ko`taradi.
1 – mashq. 20-30 sekund turgan joyda o`rta suratda yurish.
1) Dastlabkn holat – tik turish. 1-hisobda qo`llar oldinda, kaftlar pastga
qaragan. 2-hisobda qo`llar yonga, kaftlar yuqoriga qaragan. 3-hisobda oyoq
uchiga turing, qo`llaringizni yuqoriga qilib engashing. 4-hisobda dastlabki holatga
qayting.
Sekin suratda 4-6 marta takrorlansin.
2) Dastlabki holat – oyoqlar yelka kengligida. 1-hisobda qo`llar bosh
or`asida, tanani o`ngga buring. 2-hisobda tana dastlabki holatda, qo`llarni
atrofga yoyib oldinga egiling, boshni orqaga tomon ko`taring. 3-hisobda
to`g`rilaning, qo`llar bosh orqasida, tanani chapga buring. 4-hisobda dastlabki
holat. 5-8 hisobda xuddi shuning o`zi boshqa tomonga bajariladi.
Sekin suratda 6 marta takrorlansin va h.k.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Darsga yakun yasash:
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarning javoblari
umumlashtirilib, tahlil va darsning so‟nggi xulosasi aytiladi. So‟ngra darsda aktiv
qatnashgan o‟quvchilar rag‟batlantirilib o‟tiladi.
Dars davomida
beriladigan
qo‟shimcha
topshiriqlar
Uyga vazifa 6 – 7 mashqlar
Uyga beriladigan topshiriqlar qaysi biri kerak bo‟lsa o‟shaning
tagiga chizib qo‟yiladi:
€ O‟quvchilarga yangi mavzuning so‟ngida berilgan savol va
topshiriqlar bajarib kelish;
€ o‟qib kelish
Texnologik