Maktab tarixi

Nishon tuman 20-umumiy o’rta
ta’lim maktab tarixiga
XUSH KELIBSIZ!


Nishon tuman 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1984 yil 1-sentyabrda Nuriston shaharchasida tashkil etilgan. maktab tashkil etilganda o’qituvchilar soni 10 ta, o’quvchilar soni 150 ta va sinf soni 8 tani tashkil etgan.

Dastlab maktabga ishlagan birinchi o’qituvchilari qo’yidagilardan iborat.
1. Ismoli Malikovich Jabborov–Geografiya.
2. Qudratov Iskandar Qudratovich–Tarix va huquq.
3.Niyozov Doli–Rus tili va adabiyot.
4. Raxmatulla Malikovich Jabborov–Matematika va informatika.
5. Xo’jamuradov Safar Xo’jamuradovich–Onatili va adabiyot.
6. Bopzorov Shukur Bozorovich–Fizika.
7. Begimov Omon Ro’ziqulovich–Kutubxonachi va musiqa.
8. Alimov Ibodullaxon–Boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
9. Begimov Eson Ro’ziqulovich–Matematika va boshlang’ich.
10. Paina Ivanovna Mitrakova–Rus sinflarda Boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Maktabning birinchi direktori etib Ismoil Malikovich Jabborov tayinlangan. U bu lavozimda 1990 yigacha ishlab, 1990 yil sentyabr oyidan ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bo’lib 2015 yil aprel oyigacha ishladi.
Maktab binosi 1982 yil qurila boshlanib 1989 yil to’liq ishga tushirildi. Maktab 1988 yil o’rta ta’lim maktabiga aylantirildi. Shu yildan boshlab Ismoil Jabborov rahbarligida rus sinflar ochildi. yillar davomida o’quvchilar soni 3200 tadan oshdi.
Keyinchalik 2006-2007 o’quv yilida maktadan 35-umumiy o’rta ta’lim maktabi ajralib chiqdi.