Maqolalar

20-MAKTAB O’QITUVCHISI
RASULOVA FERUZANING
21-OKTYABR O’ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI
BERILGAN KUN MUNOSABATI BILAN DAVLAT TILIGA
BAG’ISHLANGAN TADBIR SSENARIYSI.


________________________________________________________
________________________________________________________
ONA TILIM – MILLATIM RUHI
********************************************************
Maktab sahnasi «Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan» nomli devoriy gazeta, til haqidagi
aforizmlar yozilgan plakatlar hamda gullar bilan bezatilgan. Magnitofondan taralayotgan karnay-
surnay navolari ostida sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar va bayramni xalq shoiri Jumaniyoz
Jabborovning «Vatan — dildagi quyosh» she’ri bilan ochadilar.
1-BOSHLOVCHI:
Onam O’zbekiston, nurlar yurtisan,
Bepoyon xazinam, durlar yurtisan.
Donishmandlar yurti, hurlar yurtisan,
Olloh nazar solgan yurtlar yurtisan.
Seni jon ichida asrash – ahdimiz,
O’zingsan muqaddas, oliy taxtimiz!
2-BOSHLOVCHI:
Biz uchun eng aziz dunyo o’zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro o’zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o’zingsan,
Muhrimda porlagan humo o’zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o’tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
3 -BOSHLOVCHI:
Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko’zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top shu iahon ichra!
4-BOSHLOVCHI:
To jahon boricha baxting bor bo’lgay,
Osmoning hamisha beg’ubor bo’lgay,
Istiqloling mangu barqaror bo’lgay,
Yurtboshimiz mehri doim yor bo’lgay.
O’zingsan borlig’im, jon-tanim mening,
Jonlar fldo senga, Vatanim mening!
1-BOSHLOVCHI:
Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli o’quvchilar!
Sizlar bilan ushbu Ona tilimizning bayram to’yonasida diydor ko’rishib turganimizdan behad
xursandmiz.
2-boshlovchi: Bugun Ona yurtimizning har bir go’shasida katta tantana. Ona tilimizga «Davlat
tili» maqomi berilgan kunga roppa-rosa 22 yil to’ldi.
3-BOSHLOVCHI:
Ona tiliga e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so’zi qatlariga
yashiringan ma’no jilolari-yu mazmun teranliklarini idrok etib, ulardan huzurlanmoq,
4-BOSHLOVCHI:
Bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoiylik
bilan qo’rimoqqa hamisha hozir bo’lmoq Vatan farzandining oliy burchidir. (O’quvchilar
tomonidan «Andijon polka» raqsi ijro etiladi.)
1-BOSHLOVCHI:
Dunyo tillari haqida bilishni istaysizmi? Unda quloq tuting. Dunyoda taxminan
3000 dan, ba’zi manbalarga ko’ra 6000 dan ortiq til bor. Bu tillarning ayrimlarida millionlab
odamlar gaplashsa, ba’zisida bir necha ming kishigina gaplashadi.
2-BOSHLOVCHI:
Xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so’zlashsa, chukot tilida bor-yo’g’i bir
necha ming kishi muloqatda bo’ladi. Dog’istonda bir million aholi bo’lib, 40 ga yaqin tilda
so’zlashadi.
3-BOSHLOVCHI:
Dunyoda qo’llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til
xalqaro til yoki jahon tili deyiladi. Hozir rasmiy tan olingan 6 ta xalqaro til bor: ingliz, ispan,
arab, rus, xitoy, fransuz tillaridir.
4-BOSHLOVCHI:
Nomi birgina tovushdan iborat til – «I» tili ham bor. Bu tilda Xitoyning ba’zi
viloyatlarida so’zlashadilar. Eng so’zi uzun til Chukotkadagi eskimoslar tilidir.
(Bir guruh o’quvchi qizlar tomonidan «Munojot» raqsi ijro etiiadi.)

yaratganlar. O’rta Osiyolik olim Abulqosim Mahmud Zamahshariy 50 dan ortiq asar yaratib, arab
tili grammatikasini ishlab chiqqan. Olimni mehr bilan «Arablar va g’ayri arablar ustozi» va
«Xorazm faxri» deb atashgan.
2-BOSHLOVCHI:
O’zbek tili XI asrdan mustaqil til sifatida shakllana boshlagan. XIV asrda umum
xalq o’zbek adabiy tili – turkiy til vujudga kelgan. Hozir siz bilan XI asrga sayohat qilsak. Yusuf
Xos Hojib qalamiga mansub «Qutadg’u biiig» asaridan parchalar tinglasak. -Mumtoz
adabiyotimiz sahifalaridan ham eshitaylik. – Ana o’shanda ona tilimiz qanchalar o’zgarib,
tamaddunga yuz tutayotganining guvohi bo’lamiz.
l-O’QUVCHIi:
chin kerak bo ‘Isa ko ‘ngil koni
Budunga asig’ qilsa tug ‘so. kuni,
ya’ni: (Tili chin so’zlasa, ko’ngli to’g’ri bolsa
Xalqqa yaxshilik keltirsa, kuni tuqqani shu).
2-O’QUVCHI:
Ko ‘ngil til ungay bo ‘Imasa kor qiliq
Ul eldin qachar qutqa qolmas yo ‘rig,
ya’ni: (Ko’ngil, til va amal to’g’ri bo’lmasa, ko’rgin,
U eldan baxt qochadi, yo’riq qolmaydi).
3-O’QUVCHI:
Tilin so ‘zlasa so ‘z shakarday suchig
Bo ‘yin berdi beg qul ulug’ya kichig,
ya’ni: (Tiling shakardek chuchuk so’z so’zlasa,
Unga beg-u qul, katta-yu kichik bo’yin beradi).
4- O’QUVCHI:
Tiliyalg’anerningjafaqildi-ul
Jafakimdaersa o’shutyildi-ul,
ya’ni: (Tili yolg’on kishining qilmishi jafodir,
Jafo kimda bo’Isa, o’sha yilqidir).
1-BOSHLOVCHI:
Alisher Navoiy hazratlarini o’zbek adabiy tilining asoschisi, desak hech
adashmaymiz.
«Ko ‘ngul durji ichra guhar so ‘z durur
Bashar gulshanida samar so ‘z durur».
Hozir ushbu bayt muallifi, ona tilimiz jonkuyari bo’lgan Alisher Navoiy haqida bayram
ishtirokchilaridan intervyu olamiz. Siz qanday ma’lumotlar bera olasiz?
1-O’QUVCHI:
Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida turkiy til forsiy tildan kam emasligini,
turkiy tilning ham imkoniyatlari keng ekanligini ta’kidlagan.
Turk nazmida men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam, deb yozgan.
2- O’QUVCHI:
Alisher Navoiy sharq adabiyotining yigirma janrida ijod qilgan yagona ijodkor
sifatida o’zbek tilining so’z fondini boyitgan.
Jism bo ‘stoniga shajar so ‘zdur,
Ruh ashjoriga samar so ‘zdur,
deb so’zga nihoyatda yuksak baho bergan.
3- O’QUVCHI:
Shoir o’zbek tilidagi so’zlarni yangi ma’nolarda qo’llab, shu so’zlardan yangi
so’zlar yasagan. 26 mingdan ortiq so’z bilan poetik adabiy tilni boyitib, sof o’zbekcha 9305 ta
so’zni badiiy qo’llashga olib kirgan.
4- O’QUVCHI:
Navoiy rasmiy ish faoliyatida o’zbek tilining ham rasmiy til darajasiga ko’tarilib,
saroyda ish yuritadigan til bo’lishi kerak deb bir umr yozg’irgan.
«Olibmen taxti farmonimga osori,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Ko ‘ngil bermish so ‘zimga turkjon ham,
Na yolg ‘uz turk, balkim turkmon ham».
5- O’QUVCHI:
Navoiy «ikki til egasi», ya’ni «zullisonayn» nomini olgan. Birinchi bo’lib turkiy
tilda «Xamsa» yaratgan.
Osmondin maqtovyog’sin ul qalamga,
U qalamdin kelar go ‘zal so ‘z olamga
Kechirsinlar forsiy tilda dur terganlar,
Dari tilda nazm injusin kelturganlar.

Agar ul ham nazmin yozsa Dari tilda
Qolmas edi so ‘z aytishga kuch ham elda.
0 ‘Ichak bo ‘Isa u yozgan nazm tarozusi
Nizomiy kirn, Xusrav degan kimdur o ‘zi?
3-BOSHLOVCHI:
Tilimiz rivojiga nafaqat yurtdoshlarimiz balki ayrim taraqqiyparvar rus olimlari
ham o’z hissasini qo’shgan. Bular qatorida Polivanov, Mirtov, Baravkov kabilarni tilga olish
joiz. Atoqli tilshunos olim Yevgeniy Dmitriyevich Polivanov 150 dan ortiq asar yaratib,
tilshunoslik, xalq og’zaki ijodining qirralarini ochib bergan.
4-BOSHLOVCHI:
Ona till – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbayi. Ona tilini sevish ajdodlar
ruhiga hurmat ramzi, oz tilini asrab-avaylash belgisidir. Dog’istonlik avar shoiri Rasul Hamzatc
o’z ona tili orqali kichkinagina xalqini katta olamga tanitgan:
1-O’QUVCHI:
Ajabo Tush degan narsa qiziq-da
0 ‘lib qolganmishman tushda nogahon,
Ko ‘ksimda qo ‘rg ‘oshin, quyosh tig ‘ida,
Tog ‘lar orasida yotibman bejo.
2-otqu\chi:Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o ‘ylayman yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo ‘shilar xokim.
3- O’QUVCHI:
Men o ‘lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg ‘urmas va chekmas yohu.
Faqat cho ‘qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
4-o’quvchi:Navqironyoshimda bo’ldim-ku, ado
Otash yuragimni o ‘ydi axir o ‘q.
Na onam, na yorim bermaydi sado,
Do ‘st tugul, hattoki yig ‘ichi ham yo ‘q.
5- O’QUVCHI:
Fig’on otiladi jonsiz bag’rimdan
(Go ‘yofig’on bordekmurda dilida).
Shupayt ikki kishi o ‘tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib, avar tilida.
6- O’QUVCHI: bu dunyodan ko ‘zyumdim mangu,
Ular kulib-kulib so ‘zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho ‘x kirdikorin.
7- O’QUVCHI: so ‘zin tinglab kirdi, mengajon
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.
1-BOSHLOVCHI:
Bilasizlarmi, olimlar tillar orasidagi o’xshashlikni ko’rsatuvchi dalilni o’rganib
borishgan. O’zbek tilidagi ona so’zining ruscha mat, bulg’orcha moyka, polyakcha matka, litva
lilida mamina, nemischa mutter, fransuzcha mere, tojik tilida modar deyilishi misol bo’la oladi.
2-BOSHLOVCHI:
Bir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va belgilari yaqin, o’xshash
bo’lgan tillar til oilasi deyiladi. Til qancha ko’p bo’lmasin, til oilalari soni sanoqlidir. Hozirgi
kunda 20 dan ortiq til oilasi mavjud.
3-BOSHLOVCHI:
O’zbek tili oltoy til oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Bu oilaga turk,
mo’g’ul, manchjur, yapon va koreys tillari kiradi. Bu tarmoqda 20 dan ortiq til bo’lib, ular o’z
navbatida yana guruhlarga bo’linadi.
4-BOSHLOVCHI:
O’g’uz, qipchoq guruhi, uyg’ur-o’g’uz guruhi, qirg’iz-qipchoq va qorluq-uyg’ur
kabi guruhlar shular jumlasidandir. Shu guruhga o’zbek va yangi uyg’ur tili ham kiradi.
(Bir o ‘quvchi dutorda kuy chaladi).
1-BOSHLOVCHI:
Turkiy tillar uzoq tarixiy yozuv madaniyatiga ega. Buning isboti O’rxun-Enasoy
yodgorliklaridagi yozuvlardir.

2-BOSHIOVCHI:
Tarixda ona tilimizni himoya qilish bo’yicha maxsus farmonlar ham chiqarilgan.
1277-yilda elxoniylar turkiy tilni muhofaza qiluvchi dastlabki farmonni e’lon qilgan. 1485-yilda
esa Husayn Boyqaro turkiy tilni himoya etib maxsus farmon ham qabul qilgan.
3-BOSHLOVCHI:
Asrlar mobaynida o’zbek tili taraqqiyotida ko’p o’zgarishlar yuz berdi. 1989-yil
21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi va maxsus Qonun qabul qilindi.
4-BOSHLOVCHI:
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida, «Davlat tili
to’g’risida»gi Qonunning 1-moddasida shunday deyilgarr. «O’zbekiston Respublikasining davlat
tili o’zbek tilidir».
1-BOSHLOVCHI:
Mamlakatimiz fuqarolari har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaydi.
«Davlat tili» deganda shu davlat hududida og’zaki va yozma muloqot vositasi bo’lgan tilning
rasmiy tarzda qonunlashtirilishi tushuniladi.
2-BOSHLOVCHI:
Barcha davlat hujjati davlat tilida yoziladi, yig’in, anjuman va qurultoylar shu
tilda olib boriladi. Qonun O’zbekiston xalq sobiq sho’ro hokimiyati davrida qabul qilinganligi
uchun 1991-yilda mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin uni qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ildi.
3-BOSHLOVCHI:
1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirdagi «Davlat tili to’g’risida»gi Qonun qabul
qilindi. Avvalgi 30 ta moddadan iborat Qonunning 11 moddasi chiqarilib, 5 modda yangidan
qo’shildi. Natijada u 24 moddadan iborat bo’ldi.
4-BOSHLOVCHI:
Ona tilini puxta bilish, u bilan g’urur-iftixor qilish milliy ma’naviyat, o’zlik
ifodasi bo’lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisidir. Shu bois davlat tili haqidagi
Qonunimizda 4- va 6-moddalar mavjud. Mazkur moddalarga asosan o’zbek tili bilan bir qatorda,
boshqa tillar, shu jumladan rus va O’zbekiston hududida yashovchi yana 6 millat vakillari o’z
bolalarini o’z ona tilida ta’lim beruvchi maktablarda o’qitish irnkoniyatiga ega bo’ldilar.
1-BOSHLOVCHI:
Bundan tashqari, O’zbekiston Markaziy Osiyoda umumta’lim maktablari uchun 7
tilda darsliklar chop etuvchi yagona mamlakatdir. Shu bilan birga o’tgan 22 yil davomida o’zbek
tilining mavqei tiklandi hamda uning taraqqiyoti yo’lida ulkan ishlar amalga oshirildi.
(So ‘ngra o ‘quvchilar Muhammad Yusufning «Ona tilim» she ‘riniyoddan o ‘qidilar).
l- O’QUVCHI:
zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
Sher yozdim-u bo ‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o ‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag ‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
2- O’QUVCHI:
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo ‘q deb zirqirardi birjoylarim.
Paravozni hansiratgan bug ‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
3- O’QUVCHI:
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O ‘zbekni qon qaqshatganni o ‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
4- O’QUVCHI: Kimdir mayda millat bo ‘Idi, kimdir katta
Katta millat – Afandisiyo ‘qdir hatto,
Bizpiyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o ‘tsafaqat sendan o ‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
5- O’QUVCHI:
Sen bo ‘Imasang nima bizga silliq she War,
Bu dunyoda «tiliyo ‘qda dilyo ‘q» derlar,
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to ‘ridagi so ‘Imas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
6- O’QUVCHI:
Bir qarasam har shevangda mingjilolar
Harjilvangda, har mevangda mingjilolar,
Qodiriylar, Cho ‘lponlar-u Abdullolar….
Sening qaytgan kuning tug ‘ilgan yilim,
Una niim, yuragimmng to naa sen, vna mini!
Ming yillarkim bulbul kalomi,
O ‘zgarmaydi yaxlit hamisha,
Ammo sho ‘rlik to ‘lining holi
O ‘zgalarga taqlid hamisha.
2-BOSHLOVCHI:
Ona tilim sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she ‘rga solaman, ^
Sen yo ‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to ‘ti bo ‘lib qolaman.
3-BOSHLOVCHI:
Shoir Abdulla Oripov haq. Til mustaqilligi -el mustaqilligi demak. «Har bir
millatning borlig’ini ko’rsatadurg’on oynayi hayoti – bu til va adabiyotdir», -degan edi Abdulla
Avloniy.
4-BOSHLOVCHI:
o’zdurki, nishon berur olikkajondin,
So ‘zdurki, berur jong ‘a xabarjonondin.
Insonni so ‘z ayladijudo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo ‘q ondin.
1-BOSHLOVCHI:
Har bir millatning o’z tafakkur tarzi bo’ladi. Xalqning birligini ta’minlaydigan
narsa bu tildir.
2-BOSHLOVCHI:
Davlat tili masalasi hamma davlatlarda o’z mavqeiga ega. Bizning vazifamiz
tilimizning sofligi, tabiiyligi uchun kurashmog’imiz kerak.
3-BOSHLOVCHI:
Oramizda hali ham o’z tilini qadriga yetmagan, milliy g’urur nimaligini
bilmaydigan insonlar bor. Gapirayotganda ruscha, inglizcha so’zlarni qo’shib aytishni go’yoki
madaniyatli odamlarga xos xislat deb biladilar.
4-BOSHLOVCHI:
Ha, oqibatda ikki tilni ham buzadilar. Tilidan ayrilgan odamning boshiga do’ppi
egniga chopon kiydirib, beliga belbog’ bog’lamang, u baribir o’zbek bo’la olmaydi. Shuning
uchun ham tilni millatning ruhi deb bejizga aytishmagan.
(«Tanovar» milliy raqsi ijro etiladi.)
1-BOSHLOVCHI:
Til, ona tili haqida buyuk donishmandlar bildirgan fikrlardan xabardormisiz?
Misol keltira olasizmi?
1-O’QUVCHI:
Xalqimizda «Tili boyning o’zi boy». «Tilni bilish – dilni bilish», «Tilga ixtiyorsiz
elga e’tiborsiz». «Til -madaniyat ko’rki», «Tilingda bo’lsa holing, kulib turar iqboling» kabi
purma’no maqollar bejizga aytilmagan.
2-o’quvchi: Buyuk Temur jahon bo’ylab, o’z dovrug’in solgan tilim.Mir Alisher bobomlardan
meros bo’lib qolgan tilim. Mirzo Bobur she’rlaridan rang va qiyos olgan tilim, Shunday tildan
tonar bo’lsam, qiyma-qiyma bo’lsin tilim!
3- O’QUVCHI:
«Ona tili! U haqda nihoyatda ko’p gapirilgan, lekin uning sirli mo’jizasini tasvirlal
bo’lmaydi. Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina… insonda milliy g’ururning ilk
kurtaklarini uyg’otishi mumkin», – degan Chingiz Aytmatov.
4- O’QUVCHI:
Bu haqda Abdulla Avloniy: «Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini
yo’qotmakdur. Har bir millat o’z ona tili va adabiyotini saqlamogi zarur», – degan.
5- O’QUVCHI:
Yusuf Xos Hojib tilni bilim va aql-idrok tarjimoni. Kishidan kishiga qoladigan
meros so’zdir. Meros so’zni tutsang, nafi yuz-yuzdir desa, Mahmud Qoshg’ariy: «Ardam bashi
til», ya’ni «Barcha fazilatlarning boshlanishi tildir», – deydi. Ahmad Yugnakiy esa «Adablar
boshi til ko’dazmak (saqlamoq)dir», deb hamohang qiladi.
1-BOSHLOVCHI:
Til haqida nafaqat shoirlarimiz, balki tilni sevuvchi va uni e’zozlovchi boshqa ti
jonkuyarlari ham chiroyli satrlar yaratishgan. Shulardan biri oddiy o’qituvchi yozgan quyidagi
«Ona tilim», «O’zbeklarning tili bu» she’rlarini tinglasak.
1-o’quvchi:Tarnzarvaraqlarda na’ra tortgan ummondek,
Bo ‘y-bastini ko ‘rsatgan Enasoyning tili – bu!
O ‘tukanda davlat tuzib, «To ‘qqiz o ‘g ‘iz xalqim», – deya
Mangu toshlar so ‘zlagan, Yo ‘Hug’ tigin tili – bu!
Dostonda chechak ochib, she ‘r, qo ‘shiqda gullagan
Nasrda chaqmoq chaqib, ezgulikka undagan.
Qalblarga titroq solib, parchalagan, qadlagan.
Buloq suvidek tiniq, Ona turkim tili – bu!
2-o’quvchi:L>z7/arga orom tterw, xujton qngan nam o zing.
Shamchiroqdan charog ‘on, shu ‘ladir yoniq so ‘zing.
Go ‘yo nurdek taralgan Yassaviylar till – bu!
Lutfqilganda tengiyo ‘q Atoiylar tili – bu!
Tilga qaytajon berib, jilo bergan sen – o ‘zing.
Qaqnus qushidek asrab, uchirma qilgan o ‘zing.
Ilohiy qudrat ila ko ‘kka ko ‘targan so ‘zing.
Osmonda parvoz qilgan Navoiylar tili – bu!
3- O’QUVCHI:
ruhin singdirgan Qodiriylar tili-bu!
Nur qidirib tonggacha miltiragan yulduzdek,
Dovruq topgan Shomgacha Cho ‘Iponlarning tili – bu!
Tilning baxtsizligini tutqunlikda deb bilib,
Qayg ‘u-nadomat chekkan Fitratlaming tili – bu!
Uni ming ko ‘yga solib sehrlagan har so ‘zing
She ‘riyat osmonida balqigan xilol oydek
Zulmatgayog’du sochgan Oybeklaming tili – bu!
4- O’QUVCHI:
o’zlardan qasr qurib, narvon tutgan ham o ‘zing
Zargardek ishlov berib, zanjir qilgan har so ‘zing.
Fikri qisqa, ma ‘noli Qahhorlarning tili-bu!
Latifso ‘zlar ustasi G ‘ulomlarning tili-bu!
Otashin nutq egasi Usmonlarning tili-bu!
Ham Zulfiya, Halima, Mohlaroyim tili-bu!
Ajdodlardan meros qolgan Tilimizni sevaylik!
Yorug ‘likka chiqdi tilim, qadrin baland tutaylik!
5- O’QUVCHI:
so ‘z qudratini elga ko ‘z-ko ‘z qilaylik,
Shoh asarlar yaratib, dunyoni lot etaylik!
Hech kimni injitmagan Mirtemirning tili – bu!
Cho ‘qqilarda zalvorli, Ona tilim didi – u.
Marjonday teriladi jozibador so ‘z lari
O ‘zi shoir tabiat O ‘zbeklarning tili – bu!
G ‘oz yuradi kerilib, chapanidir o ‘zlari,
Dilidayaxshi niyat, Ona zamin tili – bu!
ONA TILIM
6- O’QUVCHI:
Ona tilim bag’ri keng tilim, Ajdodlardan qolgan merosim. Kelajakka umidim, sozim Bar alia kuylayman yetsa ovozim.
7- O’QUVCHI:
0’zbek tilim-bog ‘-u bo ‘stonim, Jahon uzra gulshan diyorim. Momolarim kuylagan bayot Senda o ‘z aksini topadi hayot.
8- O’QUVCHI:
Sehrlisan so ‘zlaring ravon, Sadafdek terilgan nazmi Navoiy. Lug ‘at boyligingga yetmaydi karvon, Bu tilda kuylagan Mashrab, Saroiy.
9- O’QUVCHI: Allohniyor bilib shoir Huvaydo Hadisdan so ‘zladi she ‘riyatida. Nolalar chekib DilshodiBarno, Dil torini chertdi o ‘z baytlarida.
10- O’QUVCHI:
jahon ichra bo ‘lagim-borim, Ko ‘nglimdagi go ‘zal bahorim. Ona tilim, senjon-u dilim, Chinfaxrimsan, meningg’ururim.
ll- O’QUVCHI :
Zulmatga sochilgan go ‘yoki nursan, Kechagi kun eding orzu-armonim.
srlar oshasan, doimo borsan…
Sen mangu yashaysan, dilga darmonim!
1-BOSHLOVCHI:
O’zbek tilining jadal rivoji uning o’ziga mos yozuvga ega bo’lishi bilan
bog’liq. Zero, yozuv tilning libosi bo’lib, bichimi bejirim bo’lmog’i lozim.
2-BOSHLOVCHI:
«Lotin yozuviga; asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi qonun ana
shu maqsadda qabul qilingan. Davlat tilida ish yuritish haqidagi qoidalar til to’g’risidagi
qonunimizning o’zak moddalari hisoblanadi.
3-BOSHLOVCHI:
Mumtoz adabiyotimiz namunalari tilimiz umri tarixining xira tortmas ko’zgusi,
tilimizni qadimdan asrab kelayotgan nodir xazina.
4-BOSHLOVCHI:
Shuning uchun ham bu namunalarni keyingi yozuvlarda aks ettirish benihoya
ulkan ilmiy va amaliy qimmatga ega. Ona tilimizning istiqlol sharofati bilan yorishgan oydin
yo’li batafsil ko’rsatilgan bunday kitoblar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi.
1-BOSHLOVCHI:
O’zbek degan milliy o’zlikning o’zagida azaldan istiqomat qilib kelgan, ammo
uydan tashqariga chiqib, gerbli qog’ozlar uzra savlat to’kmoq baxtidan mahrum qilingan o’zbek
tili O’zbekistonning o’ktam va o’tkir tiliga aylandi.
2-BOSHLOVCHI:
Bugun davlat tili rutbasidagi o’zbek tilimiz mamlakatimiz siyosatida ma’naviy-
ma’rifiy islohatlarga kamarbasta bo’lib, erkin takomil yo’lidan bormoqda.
3-BOSHLOVCHI:
Bu oydin yo’l qadimdan ildizi baquvvat tilimizning zamon ichra harakatiga
hayotiylik baxsh etmog’i tayin. Ona tili va istiqlolni bir-biridan ayro tasawur etib bo’lmaydi.
4-BOSHLOVCHI:
Istiqlol millatning, yurtning, Vatanning o’z erkiga sohibligi, hurligidir. «Til
mustaqilligi-el mustaqilligi». Asrlar osha opichlab, ne-ne dovullardan onion asrab kelayotgan
tilimizni e’zozlaylik, qadriga yetaylik!!! E’tiborlaringiz uchun rahmat.
(Bayeam kechasi M. Yusufning «O ‘zbek» she ‘riga bastalangan qo ‘shiqni birgalikda kuylash
bilan yakunlanadi).
Muallif: 20-maktabning informatika fan o’qituvchisi:
RAXMATULLA MALIKOVICH JABBOROV.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan